

Ma'lumotlarga ko'ra, Braziliya terma jamoasi futbolchisi agentlarining biri "Qirollik klubi"ga mijozining xizmatlarini taklif qilgan. Tranfser 192 mln. evro evaziga amalga oshishi mumkin.
Ma'lum bo'lishicha, "Real" hozircha bu borada javob bermagan, chunki taklif ularda shubha uyg'otyapti. "Real"dagilarning fikricha, Neymar "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolash uchun qaymoqranglilardan foydalanmoqchi. Oldinroq Neymarning otasi o'g'lini "Real"ga o'tmasligi haqida aytgan edi.



