Neymar, Navas va Di Mariya koronavirusdan tuzaldi, Mbappe esa …

Eldor Akmurzayev
13 sen 2020
Parijliklarning to'rt a'zosi koronovirusdan xolos bo'lishdi va Liga 1 doirasida “Marsel”ga qarshi o'tadigan bahs uchun futbolchilar qaydnomasidan joy olishdi.

Bo'lajak bahsda darvozabon Keylor Navar, yarimhimoyachilar Leandro Paredes va Anxel Di Mariya, shuningdek, hujumchi Neymar ham ishtirok etishi mumkin.

Uchrashuv qaydnomasidan PSJning yangi a'zosi italiyalik himoyachi Alessandro Florenci ham joy olgan. U “Roma”dan ijaraga olingandi.

Shuning bilan birga, Kilian Mbappe, Mauro Ikardi va Markinos COVID-19 testi ijobiy chiqqani sabab izolyaciya muddatini hali ham o'tamoqda.

Eslatib o'tamiz, PSJ – “Marsel” bellashuvi Toshkent vaqti bilan 14 sentyabrga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside