Neymar MLSda faoliyatini davom ettirishi mumkin

10 apr 2026, 07:51
"Santos" hujumchisi Neymar faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

The Athletic nashriga ko'ra, "Cincinnati" klubi braziliyalikning vakillari bilan dastlabki muzokaralar o'tkazgan.

AQSH klubi futbolchining talablari va o'tishga qiziqishi bor-yo'qligini aniqlagan. Hozircha barcha ishlar juda boshlang'ich bosqichda.

"Cincinnati" o'z moliyaviy imkoniyatlari va infratuzilmasi tufayli jahon yulduzlarini jalb qila olishiga ishonmoqda.

34 yoshli Neymarning "Santos" bilan shartnomasi 2026 yil oxirida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic