Neymar: "Men o'z baxtimni Ispaniyadan izlamoqchi edim"

Alisher
22 okt 2019, 15:32
PSJ hujumchisi Neymar jamoadagi holat haqida gapirdi.

"Men o'z darajamga qaytaman va muxlislarning mehri ham qaytadi. Men ularning reakciyalarini ham tushunaman, ammo ular ham meni tushunishsin.

Men o'z baxtimni Ispaniyadan izlamoqchi bo'lgandim, ammo PSJda qoldim. Hozir esa jamoa uchun borimni bermoqchiman. Muxlislarning munosabatlari huddi er-xotinnikiga o'xshaydi, urushamiz, bahslashamiz, ammo yana sevgi qaytadi.

PSJda ilgari doim sovuq munosabatlar bo'lar edi. Ammo, so'nggi vaqtlarda hammasi yaxshi tarafga o'zgargan. Yangi o'yinchilar o'zlarini yaxshi tarafdan ko'rsatishmoqda. Bu Parij uchun yaxshi yil bo'ladi", - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC