Neymar, Mbappe va Tyago Motta “Gengam”ga qarshi maydonga tusha olmaydi

24 yanv 2018, 01:49
Fransiya kubogining 1/16 finalida “Gengam”ga qarshi bahsda “PSJ” bir qator yetakchilari xizmatidan foydalana olmaydi.

Neymar, Mbappe va Tyago Motta ushbu bellashuvlarda ishtirkok eta olishmaydi.

Parij klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Neymar bugun jamoadoshlari bilan mashg'ulotlarda qatnashmagan. U jarohatini davolash bilan band. Mbappe ham so'nggi turda kichik jarohat oldi. Tyago Motta esa hozircha individual tarzda mashg'ulot o'tkazmoqda.

“PSJ” – “Gengam” uchrashuvi 24 yanvar kuni “Park de Prens” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com