Neymar: "JCH-2018da Braziliya terma jamoasi kim bilan o'ynashning farqi yo'q"

Aslanov Jasurbek
30 noya 2017, 16:45
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida qaysi jamoa bilan to'qnash kelmaslik haqidagi savolga javob berdi.

"Bunday jamoalar mavjud emas. Braziliyaga kim bilan o'ynashning farqi yo'q. Biz har doim shug'ullanamiz, shunday ekan hech kimdan qo'rqmaymiz. Bu jahon chempionati va turnirda eng yaxshi terma jamoalari ishtirok etadi. Raqiblarni kuchsiz va kuchliga ajratib bo'lmaydi. Jahon birinchiligiga borsang, har qanday jamoaga qarshi o'ynashga tayyor bo'lishing kerak" - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com