Neymar: "JCH-2018 kashfiyoti Islandiya bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
30 dek 2017
Braziliya terma jamoasi forvardi Neymar Islandiya termasi JCH-2018ning kashfiyoti bo'lishi mumkin deb hisoblamoqda.

"O'ylashimcha, oldinda turgan Jahon chempionatining kashfiyoti Islandiya terma jamoasi bo'ladi. Men ularning bitta o'yinini ko'rdim, ular juda yaxshi ko'rinishdi. Menga ularning o'yinlari yoqdi. O'ylashimcha, ular ko'pchilikni hayron qoldirishga qodir", - dedi Neymar.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: theplayerstribune.com