Neymar: "Faoliyatimdagi eng yaxshi formadaman"

Alisher
27 yanv 2020, 17:38
Neymar Fransiya chempionati doirasidagi "Lill" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men jamoaga yordam berayotganimdan xursandman. Endi men 100% tayyorman.

Ishonamanki, biz katta natijalarga erishamiz. Men faoliyatimdagi eng yaxshi formadaman", - deydi Neymar.

Braziliyalik futbolchi chempionatda 13ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 4ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Neymar PSJga 2017 yilda "Barselona"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Canal +