

RMC Sport"ning yozishicha, PSJ hujumchisi Parijdagi "European Poker Tour" musobaqasida ishtirok etgan. Chorshanba kuni braziliyalik Parijdagi "Hyatt Concorde" mehmonxonasining poker stolida o'tirardi.
Musobaqada ishtirok etish uchun 10 ming evro to'lash talab qilingan. Qayd etilishicha, Neymar mag'lubiyat sababli asosiy musobaqadan tezda chiqib ketgan, biroq ikkinchi kunga yo'llanmani qo'lga kiritgan.
Neymar keyingi raundga chiqqan 45 ishtirokchidan biri bo'lgan. Umuman olganda musobaqaning birinchi kunida 71 ishtirokchi qatnashgan.



