Neymar Barselonada, biroq u jurnalistlar bilan muloqot qilmayapti
Aslanov Jasurbek
2 avg 2017, 10:29
"Barselona" hujumchisi Neymar kecha tunda Kataloniya poytaxtiga yetib keldi, biroq u aeroportda jurnalistlarning savollariga javob berishni istamadi.
Ma'lum qilinishicha, braziliyalik PSJga o'tishi haqidagi savolga ham javob qaytarmagan. Bugun tongda Neymar "Barselona" tarkibida mashg'ulot o'tkazadi.