Neymar "Barselona" shifokoriga qo'ng'iroq qildi. Nega?

Aslanov Jasurbek
13 fev 2019, 14:17
PSJ hujumchisi Neymar jarohat olganidan so'ng sobiq jamoasi "Barselona" shifokoridan maslahat olgani ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik Barselona shahridagi shifokorlarga murojaat qilgan. Ularning biri ko'k-anorranglilar vakili bo'lgan. Forvard Kataloniya klubi tibbiy shtabining imkoniyatlarini yaxshi biladi, shu sababli "Barselona" shifokori bilan jarohati haqida suhbat qurgan. Neymar PSJga o'tishi borasidagi sud ishlariga qaramasdan, "Barselona" futbolchilari va rahbariyati bilan bog'lanib turibdi.

Ma'lum bo'lishicha, shifokor unga operaciyaga rozi bo'lishni maslahat bergan. Neymar esa davolanishni jarrohlik amaliyotisiz o'tkazishni istadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo