Neymar: "Agar bir inson "Barselona"da qolsa, klubni tark etaman"

Aslanov Jasurbek
12 may 2017, 12:23
"Barselona" hujumchisi Neymar klubdagi bir odamdan juda xafa ekan.

Braziliyalik jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike yordamchisi Xuan Karlos Unsue bilan baland ovozda bo'lgan suhbatdan so'ng, rahbariyatga klubni tark etish bilan tahdid qildi.

"Agar Unsue "Barselona"da qolsa, klubni tark etaman" - deydi Neymar.

Kataloniya klubidagilar Neymar jahlidan tushsa, bu so'zlar unutilishiga umid qilmoqda.

Oldinroq "Barselona" hujumchisi Neymar va jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike yordamchisi Xuan Karlo Unsue o'rtasida baland ovozda suhbat bo'lib o'tgani haqida e'lon qilgan edik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo