Neymar 9,1 mln. evroga samolyot sotib oldi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2016, 12:45
"Barselona" hujumchisi Neymar 9,1 mln. evro evaziga samolyot sotib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xarid 2015 yilning avgustida amalga oshirilgan. Gap tezlikni soatiga 890 km.ga oshira oladigan va bortida 12 kishi sig'diradigan Ceccna Citation markadagi samolyot haqida ketyapti. Xarid Neymar Sport e Marketing firmasi yordamida amalga oshirilgan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte