Nevill: "Rouzning so'zlari noprofessionallik"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 15:23
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill "Tottenxem" transfer siyosati haqida fikr bildirgan "shporlar" futbolchisi Denni Rouzni tanqid qildi.

"Matbuotga bunday so'zlarni aytish - bu shunchaki noprofessionallik. Agar sen o'zingni boshqa klublarga reklama qilmoqchi bo'lsang, bunday urinish foyda bermaydi. Rouzni yaxshi bilaman, u fantastik futbolchi, biroq u xato qildi. Bu so'zlarni aytishga undagan odam ahmoqona ish qildi. Kimdir u to'g'ri gapirdi deyishi mumkin, ammo professional yo'ldan ketish kerak" - deydi Nevill.

Oldinroq Rouz "Tottenxem" transfer siyosati haqida shunday degan edi: "Shporlar" u haqidagi ma'lumotni "Google"dan qidirish kerak bo'lgan futbolchi sotib olmaydi deb umid qilaman".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports