Nematillo Quttiboev: "Ikkinchi bo'limda "So'g'diyona"ning almashtirishlari natijaga ta’sir ko'rsatdi"

Alisher
25 may 2023, 08:32
O'zbekiston kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Aral" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematilla Qutiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Juda shiddatli o'yin bo'ldi. Yigitlar borlarini berib harakat qilishdi. Biroq, aytib o'tganimdek, bugun oson o'yin o'tkazmadik.

Ikkinchi bo'limda "So'g'diyona" tarkibida kuchli futbolchilar maydonga tushdi. Albatta, bu natijaga o'z ta’sirini ko'rsatmasdan qolmadi. Ikkinchi bo'limning oxiriga kelib jamoamiz yigitlarida charchoq alomatlari yaqqol ko'zga tashlandi" - deydi nukusliklar ustozi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia