
Sudga arizani oldinroq "Santos" safini himoya qilgan Neymarning 40% huquqiga ega bo'lgan "DIS" kompaniyasi bo'lgan.
"DIS"ning takidlashicha, ular futbolchining Kataloniya klubiga o'tgani uchun kerakli mablag'ni olmagan. Eslatib o'tamiz, "Barselona" Neymarni 57,1 mln evro evaziga xarid qilganini ma'lum qilgan, ammo tekshiruv ishlaridan so'ng futbolchining transferi 94,8 mln evroga amalga oshgani e'lon qilindi.
Sud Neymar vakili Vagner Ribeyroga barcha hujjatlarni taqdim etish uchun 5 kun muddat bergan.