"Neftchi"ning qaysi klublardan qarzi bor?

14 yanv 2023, 19:23
Championat.asia klublar o'rtasidagi munosabatlarda paydo bo'lgan qarzlar to'g'risida ma'lumot berishni boshlaydi.

Mazkur ruknning birinchi mehmoni "Neftchi" bo'ladi. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Farg'ona klubi poytaxtning 3ta jamoasi oldida qarzdor ekan.

1) "Neftchi" 2021-22 yillarda bir necha bor "Bunyodkor" futbol klubining mashg'ulot maydonlari, avtotransportlaridan foydalangan edi. Oqibatda, farg'onaliklar "Bunyodkor" oldida 200 mln so'm qarz bo'lib qolgan.

2) "Olimpik" hisob raqamiga ham 10 mln so'm o'tkazib berilishi kerak. Bir qarashda kichkina summa bo'lib ko'rinadi, lekin 6 oydan beri to'lanmayapti. 

3) Shuningdek, Abror Ismoilovning transferi uchun "Paxtakor"ga o'tkazib berilishi kerak bo'lgan 250 mln so'm miqdoridagi to'lov ham amalga oshirilmagan.

Ma'lumot uchun,  "Neftchi" jamoasi ayni paytda Turkiyaning Antalya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettiryapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia