"Neftchi": Yig'in davom etmoqda. Hamza Karimov jamoaga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2017, 09:20
Farg'onaning “Neftchi” futbol klubi Oliy liga-2017ga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib bormoqda.

Poytaxt yig'ini boshlanishidan avval jamoa “So'g'diyona”dan Muzaffar Muzaffarov va “Navbahor”dan Akram Bahriddinovlarni o'z safiga rasman qo'shib olganini ma'lum qilgandik. Toshkent yig'in doirasida yana bir yangi nomga guvohi bo'lishimiz mumkin. O'zining “Nasaf” jamoasidagi ishonchli o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan tajribali Hamza Karimov “Neftchi” jamoasi mashg'ulotlariga kelib qo'shildi. Shuningdek o'tgan mavsumni “Metallurg”da o'tkazgan Saidjon Abdujabborov ham “Neftchi” ixtiyorida ekanligini aytib o'tish mumkindir. Quyida mashg'ulotlardan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Bugun farg'onaliklar “Metallurg”ga qarshi navbatdagi o'rtoqlik bahsida ishtirok etishadi. O'yin “Chilonzor” stadionida soat 14:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz