"Neftchi" va "Andijon" matbuot kotiblari keyingi o'yinlarda ishtirok etadilar

Narzulla Saydullayev
18 mar 2015, 13:48
Kecha oliy liganing qaysi jamoalarining matbuot kotiblari o'yinlarda ishtirok etganliklari haqida xabar bergan edik.
Unda uch jamoa, "Neftchi", "Andijon" va "Buxoro" vakillari musobaqaning birinchi turlarida qatnashmaganliklari ma'lum qilindi. Bu xabar tezkorlik bilan klub rahbarlarining stoliga yetib borgan ko'rinadi.

Andijonliklar uchun xush xabar, endi jamoa matbuot kotibi Boburbek Tursunov barcha safar o'yinlariga boradi. Har holda klub rahbariyati shunday vada berdi. "Neftchi" matbuot kotibi Oybek Veysal o'g'li esa betob bo'lib qolganliklari uchun birinchi o'yinda ishtirok eta olmagan ekanlar, keyingi barcha o'yinlarda sog'liqda muammo bo'lmasa, "Neftchi" matbuot xizmatida muammo bo'lmasligi ma'lum bo'ldi.

Afsuski "Buxoro"dan sado chiqmadi. Demak, biz davom etamiz. Olg'a matbuot kotiblari!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia