"Neftchi" Turkiyada Ruminiya, Serbiya, Kosovo va Makedoniya klublariga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2025, 12:15
Yangi mavsumda yuqori maqsadlarni ko'zlagan Vitaliy Levchenko boshchilikidagi "Neftchi" klubi Turkiyaning Antaliya shahriga yetib borib, mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida "Neftchi" bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan:

Raqiblar sifatida "Xermannstadt" (Ruminiya), "Mladost" (Serbiya), "Prishtina" (Kosovo), "IMT Belgrad" (Serbiya) va "Sileks" (Makedoniya) klublari tanlangan.

"Neftchi" matbuot xizmati ushbu uchrashuvlarni jonli efirda namoyish etishga harakat qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи” матбуот хизмати