"Neftchi" Toshkentdagi yig'inni boshladi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2018, 12:36
Chempionatning qolgan qismiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Toshkent shahrida kichik yig'in boshladi.

Yig'in doirasida ikkita nazorat uchrashivini o'tkazish rejalashtirilgan. Bugun dastlabki bellashuvda Namanganning "Navbaxor" jamoasi raqiblik kilsa, 2 iyul kuni esa farg'onaliklar Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bilan kuch sinashishadi. Ikkala nazorat o'yinlarini o'tkazishdan maqsad, chempionatning qolgan qismiga tayyorgarlikni davom ettirish va jamoaga yangi kelib ko'shilgan futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishdan iborat.

Eslatib o'tamiz, bugungi "Neftchi" - "Navbahor" bahsi Qibraydagi stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:30ga belgilangan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати