

"Neftchi" - "Qizilqum" 5:0
Gollar: 2, 84 - Alisher Odilov, 41 - Jamshid Iskanderov, 65 - Samandar Shukurillaev (avtogol), 71 - Stipe Perica
Bosh hakam: Jasur Muxtorov
Ërdamchi hakamlar: Shoxruh Maqsudov va Adhamjon Rixsiboev
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Vladimir Nazarov
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Elnur Doniyorov
“Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikromjon Aliboev (8.Vladimir Yovovich, 62’), 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 9.Xurshid G'iyosov (11.Asilbek Jumaev, 62’), 10.Jamshid Iskanderov (21.Muhsinjon Ubaydullaev, 77’), 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 77’), 20.Anvarjon G'ofurov (15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 46’), 22.Alisher Odilov, 34.Farruh Sayfiev, 77.Jurani Francisko Ferreyra
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 2.Izzatillo Po'latov, 30.Rustambek Fomin, 71.Bilolxon Toshmirzaev
“Qizilqum”: 1.Farhod Rahmatov, 8.Shaxzodbek Rahmatullaev, 11.Luka Ratkovich (47.Ruslan Roziev, 63’), 14.Elbek Otaqulov, 15.Nikola Kumborovich, 23.Samandar Shukurillaev, 31.Jambuli Jigauri (s) (45.Ozodbek Ergashov, 84’), 44.G'iyosjon Rizaqulov (40.Nodirxon Nematxonov, 63’), 70.Maykon Duglas Da Silva Neris (9.Shahzod Turopov, 84’), 77.Diyor Rahmatilloev (7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 70’), 88.Otabek Jo'raqo'ziev
Zaxira: 99.Humoyunshox Sayyotov, 4.Ilhomjon Vahobov, 18.Abbosbek Abdug'offorov, 78.Farruh Jo'raev
Ogohlantirishlar: 44 - G'iyosjon Rizaqulov, 46 - Luka Ratkovich
90+3. O'yin yakunlandi.
90+1. Rozievning zarbasi noaniq bo'ldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
87. Farg'onalik futbolchining zarbasi anchagina noaniq ketdi.
85. “Qizilqum” bugun hech narsa qila olmadi, “Neftchi” esa nima qilishni istagan bo'lsa - barchasi o'xshadi!
84. GOL! Odilovdan ham dubl! Yovovichning uzatmasidan so'ng Alisher to'pni o'ziga to'g'rilab olib, aniq zarba berdi!
82. So'nggi daqiqlarni “Qizilqum” faol o'tkazmoqda, biroq hozircha darvozaga aniq zarba berilmadi.
76. Sal qolsa navoiyliklar posboni xatosidan so'ng “Neftchi” beshinchi golini urishi mumkin.
72. O'yin masalasi hal…
71. GOL! Perica hisobni yiriklashtirdi! Iskanderovning ajoyib uzatmasidan so'ng to'pni Stipe darvozaga aniq joyladi!
70. Ratinoning uzoqdan yo'llagan aniq zarbasini darvozabon qaytardi!
68. Yana farg'onaliklar oldinga o'tishmoqda, hujumlar xavfli tus olyapti.
66. Navoiyliklar yanada qiyin holatda qolmoqda…

65. GOL! Iskanderovdan dubl! Jamshidning uzoqdan yo'llagan zarbasi rekoshetga uchrab, darvozaga aniq bordi.
63. Har ikki jamoa safida biryo'la ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.
62. Ratinoning erlatib bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi.
55. “Neftchi” a'zosining qo'liga to'p tekkan holati VARda ko'rildi, biroq penalti deb topilmadi.
55. Jigaurining jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”ga tegdi.
52. Bo'limni navoiyliklar yaxshi boshlashdi, futbolchilar tanaffusda yaxshigina ko'rsatmalar olishgani ko'rinmoqda.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
42. Navoiyliklar endi anchagina qiyin bo'ladi, buyog'iga ikkita to'p farqini yo'q qilishga urinish lozim.

41. GOL! Iskanderov hisobni oshirdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Jamshid boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi!
31. Ratinoning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi…
28. Jamshid Iskanderovning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq ketdi.
24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus berildi.
22. G'iyosjon Rizaqulovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Ergashev ajoyib tarzda qaytardi!
15. Shifokorlar Botirali Ergashevga tibbiy yordam ko'rsatmoqda.
14. “Qizilqum” nihoyat oldinga o'tdi, Rahmatullaev va Ergashev to'qnashdi, bosh hakam o'yin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
9. Ratinoning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
4. Yana farg'onaliklar oldinga o'tmoqda.

2. GOL! Alisher Odilov hisobni ochdi! Jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi!
1. Ilk daqiqalarni farg'onaliklar yaxshi boshlashdi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliganing 16-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Qizilqum” jamoalari o'rtasidagi bahsning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



