“Neftchi” – “Qizilqum” o'yini soat 14:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2016, 17:12
Oliy liga 29-turida Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

 Ayni paytga kelib “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadigan o'yinning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'lgan. 17 noyabr kuni o'tkazilinadigan bellashuv soat 14:00da boshlanadi. Uchrashuvda farg'onaliklar yashil rangdagi sport liboslarida harakat qilishadi. “Qizilqum” vakillari esa oq rangdagi formada maydonga chiqishadi.

Odatga ko'ra, o'yindan bir kuni avval “Neftchi” – “Qizilqum” jamoalarining o'rinbosarlar tarkibi Qirgulida o'zaro bellashishadi. Yoshlar ligasi doirasidagi bahs ham soat 14:00ga belgilangan.

Eslatib o'tamiz,  mazkur o'yin “Neftchi”ning joriy mavsumdagi so'nggi uy o'yini hisoblanadi. Andrey Fyodorov shogirdlari 30-turda “Metallurg”ga qarshi o'yin orqali mavsumni yakunlashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz