"Neftchi" o'rtoqlik o'yinida Kosovo jamoasi bilan durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
28 yanv 2022, 21:05
Antalya shahrida tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" jamoasi bugun ilk nazorat-sinov uchrashuvini o'tkazdi.

Kosovo davlatining KF LLAPI jamoasiga qarshi kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Farg'onaliklar tarkibida yagona golni Izzatilla Abdullaev kiritdi.

"Neftchi" -KF LLAPI  1:1 (0:0)

"Neftchi": Mashhur Muhammadjonov, Muxsin Ubaydullaev, Daniel Stoykovich, Husniddin G'ofurov, Mirzohid G'ofurov, Lutfulla To'raev, Sirojiddin Qo'ziev, Oybek Qilichev, Husniddin G'ofurov, Sunnatullo Abdullajonov, Ulug'bek Xoshimov 

Ikkinchi bo'limda maydonga tushirilgan tarkib: Shuhratillo Rahmonov, Muhsin Ubaydullaev, Izzatilla Abdullaev, Lutfulla To'raev, Ulug'bek Xoshimov, Sherzod Karimov, Shodiyor Xojimatov, Darko Stanoevich, Umar Athamzoda, Abdulloh Olimov, Aleksandr Eshich

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" ФК матбуот хизмати