"Neftchi" nishonida Abdullox Olimov

Nadirkhuja Yuldashev
13 iyul 2013
20 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, BAAda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati ishtirokchisi, marg'ilonlik Abdullox Olimov "Neftchi" nishonida.

"Neftchi" bilan bo'lib o'tgan voqealardan so'ng, ikkinchi davra oldidan eng katta o'zgarishlar aynan farg'onaliklar bilan bo'lib o'tishiga hech kim shubha qilmayotgan edi. Shunday bo'lyapti ham. Ayni paytda jamoa o'z safini Farg'onalik bo'lgan futbolchilar bilan to'ldirib olyapti.

Jamoa tajribali futbolchilardan tashqari yoshlarga ham katta imkoniyat berishni maqsad qilgan ko'rinadi, "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Abdullox Olimovga qiziqish bildirgan. Ayni paytda 1993 yilda tavallud topgan futbolchi, "Paxtakor" bilan tuzgan shartnomasi mavjud.

Haqiqatdan ham Neftchini menga qiziqayotganligi rost. Ular menga taklif bilan chiqishdi. Lekin Paxtakor bilan amalda shartnomam bor. Kelajagimni ular hal qilishadi, deydi yarim himoyachi.
 
Ikkinchi davrada Neftchi jamoasining maqsadi jiddiy ko'rinadi. Farg'onalik muxlislar ham jamoani avvalgi darajasiga chiqishiga umid bildiryaptilar. Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol, "Neftchi"ga legioner keladimi? Buni albatta vaqt ko'rsatadi.


Komiljon Ikromov

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia