"Neftchi" nazorat o'yinida Tojikiston jamoasini mag'lub qildi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2023
Vitaliy Levchenko shogirdlari bugun "Istiqlol" stadionida navbatdagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning "Xo'jand" jamoasini qabul qilishdi.

Asosiy voqealar rivoji ikkinchi bo'limda sodir etildi. Uchrashuvning 46-daqiqasida chap qanotdan qarshi hujumga yuqori tezlikda kirib borgan Izzatilla Abdullaev tojikistonlik himoyachini chiroyli uslubda aldab o'tib, aniq zarba yo'lladi va hisobni ochdi 1:0. Uchrashuvning 70-daqiqasida hisobni yanada oshirish imkoniyati paydo bo'lgan edi. Ulug'bek Xoshimov qulay poziciyaga chiqib, uzatmani qabul qilib oldi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqach kuchli zarba berdi. Biroq, mehmonlar posboni mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarishga erishdi.

Mehmonlar ham darvozamiz tomon bir necha bor xavfli hujum uyushtirishga erishib, 80-daqiqada jarima to'pini amalga oshirishdi. Bu vaziyatda mehmonlardan Nozim Bobojonovning yo'llagan kuchli zarbasi darvozamiz to'siniga tegib qaytdi. Aks holda hisob tenglashishi mumkin edi. 87-daqiqada faollik bilan harakatlanayotgan  Nozim Bobojonovning olis masofadan yo'llagan navbatdagi kuchli zarbasini bu safar Akbar To'raev qaytarib qoldi.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalari jamoalarning ketma-ket qarshi hujumlari ostida o'tganligiga qaramay, hisob o'zgarmadi va yakunda jamoamiz minimal 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

"Neftchi" - "Xo'jand" 1:0

Farg'ona shahri. "Istiqlol" stadioni

Gol:  Izzatilla Abdullaev 46.

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov , 2.Zoir Jo'raboev, 7.Umar Adhamzoda, 8.Sharof Muhitdinov, 13.Lutfulla To'raev, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muxsinjon Ubaydullaev, 22.Georgiy Nikabadze, 23.Diyorjon Turopov, 24.G'ulom-Haydar Gulamov

Zaxiradan tushganlar: 45.Akbar To'raev, 3.Nodirxon Nematxonov, 5.Eduard Emsis, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Sunnatilla Abdullajonov, 11.Izzatilla Abdullaev, 14.Rahmonjon Ro'ziev, 17.Abdulloh Olimov, 26.Aleksey Larin, 28.Fozil Musaev, 66.Doniyor Valiev, 70.Abbosjon G'ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzaev

"Xo'jand": 1.Dilshod Dadaboev, 2.Fahriddin Axtamov, 3.Toni Bekatal, 23.Ramazan Naniev, 5.Firdavs Abdusalimov, 6.Xojiboy Ziyoev, 8.Ehson Boboev, 14.Azizbek Hayitov, 13.Nozim Bobojonov, 62.Jahongir Ergashev, 10.Dilshod Bozorov.

Zaxiradan tushganlar: 76.Zuhriddin Mo'ydinov, 4.Parviz Boqiev, 77.Muib Saidov, 17.Hushnudbek Bozorov, 7.Javohir Rasulov, 19.Azizbek Daliev


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати