Futbol muxlis uchun, bizda esa stadionga kelayotgan muxlislarimiz soni kamayib ketyapti. Farg'onada ham bunday holatni kuzatishni istamas ekanmiz, demak Mansur Saidovni ortga qaytarishimiz kerak. Qolaversa, Saidovning o'zi ham bunga qarshi emas.
Bugungi kunda saytdagi fikrlarni o'qir ekanmiz, klub muxlislarini jamoa vice-prezidenti Komiljon Mirzaboevni yoqtirishmayotganligini payqash qiyin emas. Agar Mirzaboev barcha gina-qudratlarni unutib Saidovni klubga qaytarsa, muxlislar oldidagi hurmatini oshirib olishi aniq. Buning uchun farg'onaliklar ham undan minnatdor bo'lishlariga shubha qilmasak ham bo'laveradi. O'zbek xalqi kechirimli va gina-qudrat qilish bizga yarashmaydi. "Neftchi"ning yangi rahbariyati Farg'onada kuchli jamoa shakillantirishni niyat qilgan ekan, unga muxlislarning ko'ngliga yo'l topishi talab qilinadi.
"CA" va "Neftchi" yana avvalgidek hamkorlarga aylana oladi deb umid qilamiz.
Real vaziyatga qarasak, "Neftchi" yaqin uch yil ichida kuchli uchlikka kira olmaydi. Gapni indallosini aytganim uchun uzr so'rayman. Mansur Saidov "Bunyodkor"dagi mashg'ulotlarni faoliyati davomida ko'rmaganligi va bu unga qiyinchilik tug'dirganligini ochiqchasiga aytdi. Klubning eng zo'r futbolchisi shunday fikr bildirganidan keyin, jamoaning asl kuchiga baho berish qiyin emas. Murod Ismoilovda esa Saidov ko'rgan mashg'ulotlarni o'tkazish borasida tajriba etarlicha topiladi. Bugun "Neftchi" o'rtoqlik o'yinlarida mag'lubiyatga uchrayotganligiga asosiy sabab ham shunda. Jamoa ancha yillardan beri jiddiy mashg'ulot o'tkazmagan. Shundan kelib chiqib, 2014 yil "Neftchi" uchun og'ir o'tishini bashorat qilishimiz mumkin. Agar bunday vaziyatda jamoaning yetakchisi bo'lmasa, ahvol yanada og'irlashadi. Shuning uchun ham Mirzaboev Saidovni klubga qaytarishi kerak.
Saidovni jamoaga qaytarishiga yana bir sabab bor. Balki Mansur Saidov "Paxtakor", “Lokomotiv”, “Nasaf” yoki "Bunyodkor" jamoalariga o'tsa "Neftchi"ga bilinmas. Chunki bu jamoalar "Neftchi"ning turnir jadvalidagi asosiy raqiblari "Navbahor", "Andijon", "Buxoro" va "Mashal" kabi jamoalariga qarshi o'yinlarda Saidovsiz ham natijaga erisha oladi. Ammo Saidovni bu klublardan birontasining safiga borib qo'shilishi, "Neftchi"ning 5-8 o'rinlarni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan raqiblarining kuchini keskin oshiradi. Demak, muxlislar oldida natijaga javobgar bo'lgan Komiljon Mirzaboev "Navbahor", "Buxoro", "Andijon" va boshqa klublarni turnir jadvalida o'zidan o'tib ketmasligi uchun ham Saidovni ularning safiga o'tib ketishiga yo'l qo'ymasligi lozim.
Ermatov bir o'zi katta bosimni ko'tara olmasligi mumkin. Buning uchun unga Saidov kerak.
Tarixga qarab ish qiladigan bo'lsak, 1996 yilgi mavsumni eslash kifoya. "Neftchi"ning asosiy kuchi bo'lgan Mamotov "Navbahor" tarkibiga borib qo'shiladi. O'zaro o'yinda Mamotovning goli namanganliklarga g'alaba keltiradi va "Navbahor" O'zbekiston chempionatidagi "Neftchi"ning erasiga barham beradi. Shunday ekan, "Neftchi"ning turnir jadvalidagi o'rni hech bo'lmasa yuqori ko'rinish olishi uchun Saidov jamoaga qaytishi kerak.
Saidov 18 yoshga to'lgan futbolchi emas. Asli farg'onalik bo'lgan yarim himoyachi keyinchalik "Neftchi"ning ananalarini davom ettirishi lozim. Bu borada u Ismoilovdan kerakli maslahatlarni olishi mumkin. Bugun ko'pchilik Ismoilovni qabul qilmayapti. Bu mutaxassis ne-ne qiyinchiliklarni ko'rmadi deysiz. Bariga o'z mehnati tufayli erishdi.
"Kecha, bugun, ertaga" mehmoni bo'lgan Akmal Xolmatov, "Paxtakor"ga o'tib haqiqiy mashg'ulot qanday bo'lishini ko'rganman. Chempion bo'lish uchun, tinmay og'ir mashg'ulot o'tkazish kerak ekan degan edi. "FE" gazetasiga bergan intervyusida Mansur Saidov bir necha yillik faoliyati davomida bunday mashg'ulotni ko'rmaganligini aytdi. "Neftchi"dan ketgan futbolchilarni nima uchun "Bunyodkor" va "Paxtakor" safida muvaffaqiyatli to'p tepib keta olmasligia sabab, muxlislar orasida yuradigan "qarg'ish" emas, Saidov va Xolmatov tan olganidek, shu kungacha yaxshi saviyadagi mashg'ulotlarda ishtirok etmaganliklaridan.
Mirzaboev va Saidov. Keling do'st bo'laylik, mana shu minglab muxlislar hurmati, Farg'onaga haqiqiy futbolni qaytaraylik.
Endi "Neftchi"ning o'yin uslubi o'zgaradi. Avvalgidek "bey, begi" endi yo'q. Saidov esa to'pni o'rtada ushlab tura olishi bilan yaxshi yarim himoyachi. Saidov Ismoilov uchun "Neftchi"dagi Iskanderov vazifasini bajarishi mumkin. Ismoilovning o'yin uslubiga to'la mos tusha oladi. Ismoilovda kamdan-kam murabbiylarda kuzatadigan uslubim bor. U to'pni oldinga tepaverishni emas, vaziyat bo'lsa maroq uchun aldab o'tish va fintlarga ham ruxsat berishi bilan ajralib turadi. Bugungi o'zbek futbolidagi jozibani yo'qolishiga asosiy sabab, to'p futbolchida uzoq ham ushlanib turilmayotganida.
Bu maqolani shunchaki "Neftchi" muxlislariga yoqish uchun yozmadim. Aslida bu jamoaga bo'lgan hurmatim boshqalarnikiga nisbatan ancha yuqori. "Paxtakor" degan klub bilan o'sdim. Men "Paxtakor"ga ishqibozlik qilib yurgan kezlarim, bizning asosiy raqibimiz "Neftchi" bo'lar edi. Bugungi "Paxtakor" muxlislariga aynan mana shu qarama-qarshilik yetishmayapti. Xolmatov, Berdiev va Saidov paytidagi "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi, Rivaldosi bilan kuchaygan "Bunyodkor" - "Paxtakor" to'qnashuvidan ko'ra qiziqroq bo'lar edi. Chunki bu qarama-qarshilik yillar davomida shakillangan va ikki jamoa futbolchilari buni yurakdan xis eta olardilar. Kechagidek yodimda, 2011 yil "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvini Farg'ona stadionida radio uchun sharhlagan edim. O'yinga shu darajada kirib ketganmanki, u erga "Paxtakor" xodimi bo'lib borganim yodimdan ham chiqib ketgan. "Neftchi" tomonidan kiritilgan to'plarni rosmana gol deb baqirib sharhlagan edim. Chunki bu o'yin boshqacha, bu o'yinda shunchaki uch ochko emas, futbolning jozibasini ko'rasiz.
Komiljon Mirzaboevga murojaat qilardimki, "Neftchi"ning ananalarini saqlab qolish va tarixini munosib futbolchilar bilan davom ettirish uchun Mansur Saidovni qaytaring. Bu bilan muxlislar oldidagi obro'ingiz oshsa oshadiki, aslo tushmaydi. Hozir "Neftchi" qayta qurilish davrini boshdan kechiryapti. Tabiiyki OAV tomonidan o'rinsiz tanqidlar ham bo'lishi mumkin. Agar Saidovni jamoaga qaytara olsangiz, keyinchalik o'zingiz uchun qimmatga tushishi mumkin bo'lgan xatolarni oldini olgan bo'lasiz. Tasavvur qiling, turnir jadvalida 6-o'rin uchun asosiy raqibingiz bo'lgan jamoaga Mansur Saidov muhim ochkoni o'z goli yoki pasi bilan keltiradi. Bundan esa, tabiiyki siz yutqazasiz. Farg'ona esa g'alabaga tashna! Saytimiz esa yangi boshlagan vazifangizda hech bo'lmasa manaviy tarzdan qo'llab-quvvatlashga tayyor.
Bugungi kunda jamoaning matbuot kotibiga bo'lgan etiroz ham juda ham bir yuqori ko'rsatgichiga chiqdi. Istasangiz, jamoangiz matbuot xizmati ish uslubini professional tarzda yuritilishiga beminnat yordam beramiz. Keyin muxlislardan Abror Dehqonovga imkoniyat berishlarini so'ragan bo'lar edim. Hech kim onasining qornidan matbuot kotibi bo'lib tug'ilmaydi. Avvallari "Neftchi"ning saytida oyda bir xabar chiqqanligini unutmaylik. Nasib qilsa Dehqonov bilan yaxshi aloqani yo'lga qo'yamiz va u kishi ham o'z kasbining ustasiga aylana oladi.
“Neftchi”ni Farg'onada tutgan o'rni bo'lakcha.”Paxtakor”ni stadiondan tashqari muxlislarining soni yuz mingtadan ortiq. Ammo ular stadionga kelishmaydi. Poytaxtda istagan erida futboldan tashqari ko'ngil ochar tadbirlar bilan hordiq chiqarib olaverishadi. Tadbirkor ishdan qaytgach tungacha shaharda charchog'ini yozadi. Ammo Oltiariqda yozning chillasida xalqim tanovul qilsin deb uzumini asraydigan, eng shirin anorni hamyurtim dasturxoniga qo'ysin deb qishda uni parvarish qiladigan quvalik. Poliz va paxta dalasida mehnat qiladigan dehqon aka va ukalarimiz, dala va polizdan qaytib sayr qilmaydilar, ularga eng katta manaviy ozuqa, nima, bilasizmi? “Bobo bugun “Neftchi” g'alaba qozondi”, “dadasi bugun komandangiz yutdi”, degan gapdan ortig'i kerak emas ularga. Mana shundan keyingi kayfiyatni ko'ring, keyingi o'yinga qadar dala ular uchun bamisoli bayram sahnasidek ko'rinadi. Bu gaplarni shunchaki maqolaning ta’sir kuchini kuchini oshirish uchun yozmayapman. Istagan ruhshunosingizdan so'rashingiz mumkin. Fan isbotlab qo'ygan. Birgina “Neftchi”ning g'alabasi Farg'ona axli uchun ko'pchiligimiz tasavvur ham qila olmaydigan katta manaviy boylik.
Maqolani o'qib men haqimda qiziqishingiz tabiiy. Yoshimni surishtirasiz, kasbimni. Bir jurnalistda deb qo'yasiz. Mayli shunday bo'la qolsin, ammo Saidovni “Neftchi”ga qaytarishingiz kerak! Mansur Saidovga kelsak, u bilan bir marotaba uzoqdan ko'rishganman. Adashmasam, O'zbekiston – Eron o'yini oldidan Abramovning yig'inida ishtirok etgan edi.
Balki taqdirni o'zi Mansur Saidovni yana “Neftchi”ga “qaytarib” bergandir!?
Jamoaning saytdagi o'quvchilaridan esa shaxsiyatga tegadigan gap so'zlarni yozmaslikka, aksincha axillikka chaqirgan bo'lar edim. Biz barimiz bir ishni qilyapmiz, maqsadimiz O'zbekistonda futbolini rivojiga xissa qo'shish.
P.S: Haqoratlar bo'lsa, maqolani saytdan olib qo'yamiz.
Nodirxo'ja Yuldashev