"Neftchi" "Metallurg" himoyachisini o'z safiga qo'shib oladi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2022
Farg'onaning "Neftchi" klubi yangi mavsumdan oldin o'z safini kuchaytirishda davom etadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, farg'onaliklar Anvarjon G'ofurovni ortga qaytarishmoqchi. 2022 yilgi mavsumni G'ofurov "Neftchi" safida boshlagan va ikkinchi davrada "Metallurg" safiga borib qo'shilgandi.

Yangi mavsum oldidan Vitaliy Levchenko boshchligidagi "Neftchi" G'ofurovni ortga qaytarishga qaror qildi. Oldinroq futbolchi "Neftchi" mashg'ulotlariga qo'shilgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot uchun, Anvarjon G'ofurov 2022 yil Superligada jami 23ta o'yinda maydonga tushdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia