

Davra startini bir g'alaba va bir mag'lubiyat bilan boshlagan farg'onaliklar 10 avgustdan boshlab Toshkent jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaganini ma'lum qilamiz. Andrey Fyodorov shogirdlari Qirgulidagi qarorgohda mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Shuningdek, tayyorgarlik jarayonining ma'lum qismi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tishi ham reja qilingan.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” – “Lokomotiv” o'yini 14 avgust, yakshanba kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionda bo'lib o'tadi. Bellashuvni Rustam Bobomurodov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.



