

Qo'mita vakillari Marat Ismoilov va Arslon Hatamovlar futbolchilar bilan uchrashuv chog'ida hakamlik sohasidagi bir qator yangiliklar borasida ma'lumotlar berishdi. Joriy mavsumda futbol o'yinlariga kiritilgan yangi qonun-qoida va amaldagi qoidalarga kiritilgan o'zgartirilishlar haqida maruza qilindi.
Marat Ismoilov 2018-yildan boshlab O'FA tomonidan hakamlik masalasiga alohida e'tibor qaratilishini ta'kidlab o'tdi.
Shundan so'ng futbolchilarga testlar taqdim etildi va monitorda jahon futbolidagi bir qator hakamlikka doir tortishuvlik vaziyatlar rolik tarzida ko'rsatildi. Qo'mita vakillari xar bir vaziyatdan so'ng futbolchilardan ushbu holatda hakamdan qanday qaror kutishlarini, testga belgilab borishlarini so'rashdi. Qo'mita a'zolari test natijalarini tekshirish ekan, futbolchilarning belgilagan javoblarini yuqori baholashdi.
Super liga bahslaridagi hakamlik oldingi mavsumdagi hakamlikdan tubdan farq qilishi aytib o'tildi. Endilikda uchrashuv bosh hakamlari mayda follarga e'tibor bermasliklari, umuman olganda bahsda futbolchilarni kurashishlari uchun imkoniyat berishi ma'lum qilindi




