"Neftchi": EVRO-2016da qaysi termaga muxlislik qilamiz ?

9 iyun 2016, 03:35
Futbol ishqibozlari qatori yashil maydonda javlon urib to'p tepadigan professional futbolchilar ham televediniya orqali sport musobaqalarini doim ham kuzatib boradi deb ishonch bilan gapirish noto'g'ri bo'lsa kerak.


Xatto yaqinda “Barselona” hujumchisi Neymar futbol uchrashuvlarini televediniyada tomosha qilishga umuman toqati yo'qligin aytib ko'pchilikni xayratga soldi. Haqiqat ham professional futbolchilar, TV orqali o'yinlarni muntazam ko'rishmaydi ? Nahotki ?

Xabaringiz bor, yaqinda Fransiya yashil maydonlarida navbatdagi Yevropa chempionati bahslari start oladi. Biz esa Farg'onaning “Neftchi” klubi futbolchilarini aynan mazkur turnirni qay darajada kuzatishlariga qiziqib ko'rdik.  Biroq futbolchilarning ko'pchilik mazkur yirik turnirni yuqori qiziqish bilan kuzatishlari ma'lum qilishdi. Qiziq, ular EVROda qaysi termaga muxlislik qilishadi ? Quyida mazkur savolga javob berishga harakat qilamiz.

O'tkir Yusupov. Istedodli posbon turnir davomida Germaniya hamda Ispaniya terma jamoalariga muxlislik qiladi. Xar xolda O'tkirni Devid De Xea, Noyer yoki bo'lmasa Iker Kasilyaslarning harakatlari alohida kuzatishini tahmin qilish mumkin.

Abdumavlon Abdujalilov. Yuqoridagi posbonning apmluadoshi esa Rossiya terma jamoasiga muxlislik qilishini aytdi. Balki Abdumavlonning kumiri Akinfeevdir? Qiziq?  Shuningdek, Sergey Smorodin ham Rossiya terma jamoasiga muxlislik qiladi.

Jahongir Mehmonov. 32 raqam sohibi inglizlar bosh jamoasiga ishqibozlik qiladi. Yomon tanlov emas. To'g'rimi ?

Shukur Po'latov. Markaziya himoyachi turnirni germaniyalik yutib olishiga ishonmoqda. Biroq amaldagi jahon chempioniga bu vazifani uddalash oson bo'lmasligi aniq.

Husniddin G'ofurov. “Neftchi”dagi O'zbekiston yoshlar terma vakili mazkur turnirda Ispaniya milliy terma jamoasiga ishqibozlik qiladi.

Sardor Qulmatov. Yosh himoyachi Dide Deshamning “Uch ranglilar”iga, yani Fransiya bosh jamoasini qo'llaydi.

Muxsin Ubaydullaev. Universiada-2016da Farg'ona terma jamoasini bosh sovrindan mosivo bo'lishiga asosiy “sababchi” Angliya terma jamoasiga ishqiboz ekanligin aytdi.

Javohir Rasulov. Ko'pchilik singari Rasulov ham musobaqa mezboni Fransiya terma jamoasini g'olib bo'lishiga ishonmoqda. Haqiqat ham turnir mezbonlar ajobiy tarkib bilan EVRO-2016ga yetib kelishmoqda.

Abbos Maxstaliev. Hujumkor yarim himoyachi Germaniya hamda Ispaniya variantini tanlagan. Qiziq, agar ular finalda to'qnash kelsa, Maxstaliev qanday qaror qiladi ?

Mansur Saidov. Jamoamiz “motori” Yevropa chempionati bahslarini xolis tomosha qilishga axd qildi. Fikrimizcha, yarim himoyachi yulduzlarga boy turnirdagi chiroyli futboldan shunchaki bahra olmoqchi.

Baxtiyor Yoqubov. “Saidov-Yoqubov” tandemining yana bir vakili  Germaniya futbolchilariga muxlislik qilishga qaror qildi.

Sherzod Hakimov. Hujumkor futbolchi Roy Xojson murabbiyligidagi Angliya terma jamoasini eng kuchlilardan biri deb hisoblaydi va turnirda inglizlarga ishqibozlik qilishini ma'lum qilgan.

Otabek Isroilov. Hujumchimiz uzoqqa borib o'tirmay, Rossiya milliy terma jamoasini tanladi.

Murod Bobojonov. Germaniya hamda Portugaliya. “Neftchi”ning yana bir hujumchisi ikki hujumkor terma jamoa variantiga to'xtalgan.

“Neftchi” PFKning mutasaddi va murabbiylari esa quyidagi jamoalarga muxlislik qilishadi.

“Neftchi” PFK raisi Rustam Abdullaev – Ispaniya

Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov – Rossiya hamda Fransiya

Jamoa katta murabbiyi Murod Ismoilov – Ispaniya

Klub texnik direktori Sherzod Raimjonov– Germaniya va Italiya

Klub administatori Zoxidbek G'ofurov – Italiya.

Jamoa murabbiyi Bahrom Haydarov – Germaniya

Jamoa murabbiyi Abdusamad Do'rmonov – Germaniya

Yoshlar jamoasi murabbiyi Diyor Alijonov – Ispaniya

O'xshash yangiliklar


Manba: fcneftchi.uz