"Neftchi" ertaga Toshkentda yig'iladi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2016, 08:38
Andrey Fyodorov bosh murabbiyligidagi farg'onaliklar tayyorgarlikni 12 fevral sanasidan davom ettirishadi.

Shu kuni futbolchilar Toshkentda yig'ilishadi va navbatdagi mashg'ulotlar boshlanadi.

Rejaga ko'ra, “Neftchi” Toshkentda 3 ta o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi. Ilk uchrashuv 15 fevral kuni “Qo'qon-1912”ga qarshi bo'lib o'tadi. Oradan 3 kun o'tib, yani 18 fevral sanasida “Olmaliq” Farg'ona klubining navbatdagi raqibiga aylanadi.  So'nggi nazorat bahsi “Andijon”ga qarshi bo'lib o'tishi reja qilingan. Andijonliklar bilan bellashuv yakunlangach, jamoa shu kunning o'zidayoq Farg'onaga qaytadi.  

Jamoa ishtirokidagi o'yinlar taqvimi:
15 fevral.“Neftchi” – “Qo'qon-1912”
18 fevral. “Olmaliq” – “Neftchi”
21 fevral. “Neftchi” – “Andijon”

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz