"Neftchi": Bugundan yig'in boshlanadi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2017, 12:22
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bugundan boshlab ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaydi.

Vadim Abramov shogirdlari tatildan qaytishmoqda va bugun Qirgulidagi qarorgohda yig'ilishadi. Farg'onadagi tayyorgarlik jarayonida 16 iyulga qadar davom etishi ko'zda tutilgan.

Bugundan boshlanidigan yig'inga bir qator yangi futbolchilarning qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqida keyinroq batafsil ma'lumot beramiz. Ayni paytda “Neftchi” o'z safida Mansur Saidov, Otabek Haydarov hamda Abdujamol Isroilov singari futbolchilarni jalb qilishga muvaffaq bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz