Neftchi Boku bosh murabbiyi iste'fo berdi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2014, 09:13
Bokuning Neftchi klubi bosh murabbiyi Nazim Suleymanov kecha iste'fo berdi.
Klub rasmiy saytiga bergan intervyusida Suleymanov nima uchun ariza yozganini ma'lum qildi: Neftchi so'nggi uch yilda chempion bo'lgan, bu mavsumda ham birinchi bo'lishni rejalashtirmoqda. Ammo men bu sharoitda jamoani chempion qila olmayman. Shu sababli klub prezidentiga o'z arizamni yozdim. Neftchidagi faoliyatim davomida hech kim mening ishimga aralashmadi, birga ishlagan barchaga rahmat aytmoqchiman. Klub prezidenti Sodiq Sodiqovga mening qarorimni hurmat qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Neftchiga keyigi o'yinlarda omad tilayman.

Neftchi klubi bosh murabbiyi lavozimida vaqtincha Ruben Selles ishlab turadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: neftchipfk.com