"Neftchi" 20 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Khoja
2 dek 2025, 08:28
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi "Surxon" futbolchisi Asilbek Jumaev bilan kelishuvga erishgan.

Yangi mavsumda hujumkor yarim himoyachi faoliyatini O'zbekiston chempionlarida o'tkazadi. Farg'onaliklar 20 yoshli futbolchining transferini sotib olishgan.

Jumaev joriy mavsum "Surxon" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 3 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia