Necid va Dannining gollari “Slaviya”ga bir ochko keltirdi

20 okt 2017, 02:17
Yevropa ligasi A guruhidan o'rin olgan “Vilyarreal” – “Slaviya” bahsida muxlislar birinchi bo'limning o'zida to'rtta golga guvoh bo'lishdi.

Dastlab mehmonlar safida Necid va Danni muvaffaqiyat qozongan bo'lishsa, mezbonlar birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Trigeros va Bakkaning goli bilan javob qaytarishdi – 2:2.

Ushbu durangdan keyin mazkur jamoalar 5 ochko to'plagan holda guruhda qo'shpeshqadamlik qilishmoqda.

Yevropa ligasi.  A guruhi. 3- tur.

Vilyarreal - Slaviya P 2:2

Gollar: 0:1 – Necid – 18, 0:2 – Danni – 30, 1:2 – Trigeros – 41, 2:2 – Bakka – 44


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia