Nazorat uchrashvi: O'zbekiston U19 - "Paxtakor" (yoshlar) 2:0

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2013, 21:25
Bugun "JAR" stadionida Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar (U19) terma jamoasi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'lgan jamoaga raqib "Paxtakor" yoshlari bo'ldi. Uchrashuvda terma jamoamiz 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarni Igor Rogovanov va Eldor Shomurodov kiritishdi.

O'zbekiston U19 - "Paxtakor" (yoshlar) 2:0
Gollar:
Igor Rogovanov, Eldor Shomurodov.

Terma jamoa yig'ini 21 iyul kunigacha davom etadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi shu yilning 4-12 oktbyar kunlari 2014 yili Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi. O'zbekiston yoshlari saralash bahslarining A guruhida Qatar, Turkmaniston, Hindiston va Nepal yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradilar. A guruhi bahslariga esa, Qatar mezbonlik qiladi.

Xayrulla Xoliqov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia