Nazorat uchrashuvi. "Gelaksi" "Navbahor" darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi

Iskandarov Abdulaziz
17 yanv 2024, 19:39
Namanganning "Navbahor" jamoasi ayni paytda Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Samvel Babayan shogirdlari bugun yig'in doirasidan o'rin olgan navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. JARning "Gelaksi" jamoasi raqiblik qilgan o'yinda "lochinlar" 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.

Nazorat uchrashuvi.

"Gelaksi" - "Navbahor" 5:0

Gollar: Mojela, Rakvena, Mbatxa, Vidal, Nurkovich (penaltidan)


Ma'lumot uchun, "Navbahor" avvalgi nazorat o'yinida Qozog'istoning "Qiziljar" jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi. "Lochinlar" keyingi nazorat uchrashuvini 21 yanvar kuni Rossiyaning "Axmat" klubiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia