

Poytaxtimizda yig'in o'tkazayotgan bir qator jamoalar o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishga ham alohida e'tibor qaratishmoqda. Xususan, bugun "Navbahor" hamda "Neftchi" o'zaro bahs yuritishdi. Qibrayda bo'lib o'tgan o'yinda kuchlar teng keldi - 2:2. Farg'onaliklar safida Sherzod Hakimov dubl qayd etgan bo'lsa, namanganliklar tarkibida maydonga tushgan Darko Stanoevich bir marta raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Shuningdek, Iskandar Shoyqulov uchrashuvda avtogol muallifiga aylandi.




