

Beshta gol kiritilgan uchrashuvda serbiyaliklarning qo'li baland keldi.
O'yinning 13-daqiqasidayoq Stankovkiy hisobni ochgan bo'lsa, 21-daqiqada Dilshod Usmonov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. Biroq ikkinchi bo'lim boshida vakillarimiz diqqatni yo'qotishdi: besh daqiqa ichida Balde va Ristich "Nasaf" darvozasini ikki bor ishg'ol etib, hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirishdi. Bahs yakunida Sadullaev farqni qisqartirgan bo'lsa-da, bu g'alaba uchun kamlik qildi.
Nazorat uchrashuvi
"NASAF" - "RADNICHKI-1923" (Serbiya) 2:3
Gollar: D. Usmonov (21), Z. Sadullaev (79) - L. Stankovskiy (13), M. Balde (46), M. Ristich (51).
"Nasaf": Numonov, Abdisoliev, Komilov, Berdirahmonov, Otubanjo, Bahromov, Murtazaev, Xaydrov, Ubaydullaev, Sadullaev, Usmonov.
Zahira: Muratbaev, Davronov, Sokari, Ramilov.




