Nazorat bahsi. "Sho'rtan" - "Mashal" 1:0

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2016, 14:56
"Mashal" Oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda G'uzorning "Sho'rtan"iga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi.

G'uzordagi markaziy stadionda bo'lib o'tgan uchrashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Jamoamiz darvozasiga 35 daqiqada Igor Taran aniq yo'l topa oldi va bu hisob o'yin yakunigacha saqlanib qoldi. Bu o'yinda asosiy tarkib jamoamizning barcha a'zolari maydonga tushdi va bir bo'limdan harakat qildi.

Nazorat uchrashuvi
"Sho'rtan" - "Mashal" 1:0
Gol:
Igor Taran (35)

Eslatib o'tamiz, "Mashal" Oliy liganing 11-tur bahsini 10 iyun kuni Muborakda "Obod"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz