Nazorat bahsi. Shomurodov gol urgan o'yinda “Rostov” AIK bilan murosa yo'lini tanladi

Eldor Akmurzayev
15 fev 2020, 22:10
“Rostov” bugun Ispaniyada AIK klubiga qarshi nazorat bahsini o'tkazib, durang o'ynadi.

Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan rostovliklar forvardi Eldor Shomurodov 57-daqiqada penaltidan gol urdi va 76-daqiqada zaxiraga olindi. 

Uchrashuv  2-taymining o'rtalarida esa AIK hujumchisi Yosir Asani ham 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, oradagi farqni tikladi va bahs 1:1 natijasi bilan yakunlandi. 

Eslatib o'tamiz, Valeriy Karpin shogirdlari keyingi nazorat o'yinini 16 fevral kuni Slovakiya 2-Ligasi ishtirokchisi “Poprad” jamoasiga qarshi o'tkazadi. 

"Rostov" (Rossiya) - AIK (Shvetsiya) 1:1 (0:0) 

Gollar: Shomurodov, 56 (pen) – Asani, 74 (pen)

"Rostov": Pesyakov – Kozlov (Logashov, 78, Proshlyakov, 82), Chistyakov, Osipenko, Chernov - Popov, Normann (Saplinov, 61), Eremenko - Mamaev, Zaynutdinov (Bayramyan, 46), Shomurodov (Dolgov, 76).

Zaxiradagilar: Rudakov, Frolkin, Vedernikov, Xadjikadunich, Ionov, Gulevskiy, Cherkes, Larchenkov, Livadnov, Morozov, Osinov.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia