"Navbahor"ning Namangandagi mag'lubiyatsiz seriyasi tugadi

Alisher Ostonov
16 avg 2025, 23:14
"Navbahor" Superliganing 19-turida o'z maydonida "Neftchi"ni mehmon qildi.

O'yin davomida bir qancha vaziyatlar yaratganiga qaramay yakunda 0:1 hisobida engildi. Bu "lochinlar"ning joriy mavsum Namangandagi ilk mag'lubiyati sifatida qayd etildi. Jamoa avvalgi 9 ta bahsda 6 g'alaba, 3 durangga imzo chekkandi. 

"Navbahor" so'nggi marotaba uyda 2024 yilgi mavsumning 20-turida "So'g'diyona"ga engilgan edi. Endilikda Sergey Lushchan shogirdlari 20 avgust kuni G'uzorda "Sho'rtan" bilan kurash olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia