"Navbahor"ga qarshi uchrashuvda maydon chetidagi to'pni tepib yuborgan muxlis "Paxtakor" tomonidan jazolandi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2022, 01:29
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" (1:0) janjal bilan yakunlangandi.

O'yin yakunida "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov "Paxtakor" muxlisi bilan mushtlashib ketgandi. "Paxtakor" ushbu vaziyatga yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi va yuqoridagi muxlisni jazoga tortdi.

"Superliga 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" bellashuvida maydon chetidagi to'pni tepib yuborgani sababli "Paxtakor" muxlisiga jazo berildi.

"Paxtakor" muxlislar klubi yetakchisi Javohir Shokirov maydon chetida turgan to'pni tepib yuborgani yuzasidan klub rahbariyati ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, ushbu muxlis "Paxtakor"ning Superligadagi ikki o'yinida stadionga kiritilmaydi va 5 million so'm miqdorida jarima to'laydi. Ushbu jazo chorasi kelgusida bunday salbiy holatlar takrorlanmasligi uchun yordam beradi deb umid qilamiz. "Paxtakor" futbol klubi hamisha stadionda tartib saqlanishi tarafdori va bunday vaziyatlarda klub tomonidan birinchi navbatda chora ko'rishga intiladi", -deyiladi "Paxtakor" bergan bayonotda.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати