"Navbahor": Tayyorgarlikning dastlabki bosqichi yakunlandi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2013, 12:39
Bugun "Navbahor" Namanganda tashkil etilgan yig'inni dastlabki bosqichini yakunladi.

Yig'in yakunida murabbiylar mashg'ulotlarda qatnashayotgan futbolchilardan ikki tarkib hosil qilib, jamoa yoshlariga qarshi nazorat uchrashuvini tashkil etishdi. O'yin haqida to'xtalishdan oldin tarkibga qo'shilgan futbolchilar haqida ma'lumot berib o'tsak. Mavsumning birinchi yarmini Uychining "Xotira-79" jamoasida o'tkazgan Elmurod Nizomboev yana jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Shuningdek, andijonlik posbon Lochin Dolimov ham ayni paytda ko'rikdan o'tmoqda.

Asosiy tarkib vakillari yoshlar bilan bir bo'lim davomida kuch sinashishdi. Asosiy tarkibga kirishga da'vogarlik qilayotgan futbolchilardan tashkil topgan tarkib esa ikki bo'lim davomida harakat qildi. Koshelev boshchiligidagi yetakchilar 0:0 hisobidagi durang bilan cheklanishdi. Tarkib esa quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi: Lochin Dolimov, Timur Sultanov, Qahramon Mahammadjonov, Jahongir Mehmonov, Botir To'raboev, Ilhom Boydedaev, Azim Ahmedov, Leonid Koshelev, G'ayrat Jo'raev, Akram Bahriddinov, Ro'zimboy Ahmedov. To'liq o'tkazilgan bahsda yoshlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Yoshlarga qarshi quyidagi tarkib harakat qildi: Islom Jo'raev, Bobur Rasulov, Farruh Yo'ldoshev, Mirzohid Mahkamov, Mahsud Hayitov, Abdulaziz Sultanov, Abdurazzoq Jo'raev, Ayubxon Gapparov, Muhammad Rasulov, Elmurod Nizomboev, Sohib Abdullaev. Yagona javob to'piga Sohib Abdullaev mualliflik qildi.

Yoshlarning gollari esa Murod Rahmonov (pen.), va Farhod Shokirovlar hisobiga yozildi. Sobir Hamidov biroz betobligi bois o'yinda maydonga tushmagan bo'lsa Abdumalik Abdullaev, A'zam Aliev va Viktor Mochalov kabi futbolchilar yoshlar safida to'p surishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz