“Navbahor” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi fikrlar

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 17:16
"Navbahor" va So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach har ikki jamoa bosh murabbiylari o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi:
Davron Fayziev, “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi: “O'tgan turda navbatdagi g'alabani qo'lga kiritib, oliy ligada qolish vazifasini bajarganimizdan xabaringiz bor. Shunday bo'lsada futbolchilarga bo'shashmaslik kerakligini uqtirgandi. Lekin, ular xotirjamlikka berilib harakat qilishgani uchun “Navbahor” bizni jazoladi. Ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirishga intildik. Aynan shu sababli himoyamizda bo'shliqlar paydo bo'ldi. Bundan namanganliklar samarali foydalanib, ketma-ket ikkita gol urishdi. 1:0 hisobida yutqazdik nima-yu, 3:0 hisobida yutqazdik nima? Shu sababli, hujumlar tashkil etgandik. Biroq, imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Bir so'z bilan aytganda jamoamiz bugun o'ziga o'xshamadi”.

Mustafo Bayramov, “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi: “G'alaba bilan barchani tabriklayman. “Nasaf”ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan keyin muxlislarimiz oldida uyalib qolgandik. Shu sababli, yuzimizni yorug' qilish uchun g'alaba uchun maydonga tushgandik. Safimizda bir qator yo'qotishlar bo'lishiga qaramay, ko'zlangan maqsadga erishdik. Ikkinchi bo'limda amalga oshirilgan o'zgarishlar ham o'yinni kuchaytirdi. Hisob bundanda yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi. Biroq, futbolchilarimiz bir nechta imkoniyatlardan foydalana olishmadi”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz