"Navbahor" oxirgi marotaba G'uzorda qachon g'alaba qozongan?

Iskandarov Abdulaziz
20 avg 2025, 11:36
Bugundan Superliganing 20-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Namanganning "Navbahor" jamoasi mazkur turda "Sho'rtan" mehmoni bo'ladi. Autsayder va yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalarning to'qnashuvi qiziqarli bo'lishi kutilmoqda. Ikki jamoa shu kunga qadar G'uzorda 12 marotaba uchrashishgan. Uydagi o'zaro o'yinlarda ustunlik mezbonlarda 7 g'alaba, "lochinlar" 4 bor ortga 3 ochko bilan qaytgan bo'lsa, 1 ta bahsda g'olib nomi aniqlanmagan. "Navbahor" so'nggi marotaba G'uzorda 2013 yilgi mavsumda zafar quchgan. Keyingi 3 ta jangda 2 bor maydon egalari ustunlikka erishgan, 1 ta bellashuvda durang qayd etilgan.

Superliga-2013. 

"Sho'rtan" - "Navbahor" 1:3

17.08.2013. 17:00

G'uzor. "Markaziy" stadion

Gollar: Pavel Solomin 90 - Ayubxon Gapparov 62, Sohib Abdullaev 87, Leonid Koshelev 89

"Sho'rtan": Eldor Tojiboev, Asror Aliqulov, Jamol Otaqulov, Aziz G'ulomxo'jaev, Umar Eshmurodov, Aleksandr Vostrikov, Aziz Alijonov, Ibrohim Otaxonov, Zohid Raupov, Andrey Vlasichev, Pavel Solomin

Zaxira: Aleksandr Korneychuk, Abbos Amonov, Yaroslav Krushelnickiy, Olim Karimov, Feruz Faxriddinov, Yusuf Bo'riev

"Navbahor": Pavel Leus, Qaxramon Muhammadjonov, Jahongir Mehmonov, Rustam A'zamov, Timur Sultonov, Timur Yafarov, Leonid Koshelev, Akramjon Baxritdinov, G'ayrat Jo'raev, Aleksandr Lupashko, Ayubxon Gapparov

Zaxira: A'zam Aliev, Azim Ahmedov, Sohib Abdullaev, Botir To'raboev, Durbek Umaraliev, Ilhom Jo'raev, Muhammad Rasulov

Ma'lumot uchun, bugungi uchrashuv soat 19:00da start oladi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia