"Navbahor": Navro'z Alimov yig'inga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2015, 12:10
"Navbahor"ning Chirchiq shahridagi yig'ini davom etmoqda.

Mashg'ulotlar bilan bir qatorda selekciya borasidagi ishlar ham olib borilmoqda. Bugun jamoamiz safiga iqtidorli hujumchi Navro'z Alimovni qo'shilganligini aytib o'tish joiz. Mavsum birinchi yarmida "Paxtakor"da bo'lgan hujumchiga bir qator klublar qiziqish bildirayotgandi. Xususan uni "Neftchi"ga o'tishi ham kutilgandi.

Ayni paytda jamoamiz lagerida bo'lib turgan Navro'z ikkinchi davrani "Navbahor"da o'tkazishga yaqin turibdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia