"Navbahor": Mashg'ulotlar bugundan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2016, 15:10
G'uzorda “Sho'rtan”ga qarshi uchrashuvdan keyin jamoamiz a'zolari qisqa muddatlik tatilga chiqishgandi.

Uch kun davomida hordiq chiqargan futbolchilarimiz bugun Namanganda to'planib, mashg'ulotlarga kirishishadi. Milliy terma jamoamizning JCH-2018 saralash turniridagi ishtirok tufayli chempionatda tanaffus yuzaga kelganidan xabaringiz bor. Shu sababli, uch kun davomida shug'ullanishgach mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami munosabati bilan 1 va 2 sentyabr kunlari dam olish imkoniga ega bo'lishadi. 3 sentyabrdan esa mashg'ulotlar yana davom ettiriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz