"Navbahor" legioneri jamoani tark etdi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2021
"Navbahor" futbolchisi Nikola Tasich ham instagrami orqali jamoani tark etganini ma'lum qildi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra shartnoma bekor qilingan. Tasich "Navbahor" bilan ushbu mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.

"Rahmat va omad", deb yozadi futbolchi.

Ma'lumot uchun, Tasich ushbu mavsumda 3 o'yinda maydonga tushdi va ularda atigi 76 daqiqa harakat qildi, xolos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia